exami.uz
Ta'lim markazi egalari · maktab va texnikum rahbarlari uchun

Ta'lim markazingiz qanday ishlayotganini ko'ring.

Har bir o'quvchining reytingi fanlar, davomat va rag'bat ballaridan yig'iladi. Siz esa butun ta'lim markazini, har bir guruhni va har bir o'qituvchining natijasini hisobot so'ramasdan ko'rasiz.

Manzarani ko'rish
Ta'lim markazi Umumiy
Shu hafta Davomat O'zlashtirish
O'lchov 70% dan boshlanadi — kunlik farq yaqqol ko'rinishi uchun
02-26 guruh88
10-26 guruh84
05-26 guruh79
12-25 guruh76
03-26 guruh68
07-25 guruh64
08-26 guruh61
04-25 guruh52
11-25 guruh47
01-26 guruh43
Word faylo'qituvchi yuklaydi
Savollaravtomatik ajraladi
Kompyutersinfida olinadi
PDF natijachop etishga tayyor
Printerdan chiqarib, e'lonlar taxtasiga osish mumkin
Davomat
Qatnashish
O'zlashtirish
Test
Rag'bat
1EM Erkinova Malika02-26 guruh 94.7▲2
2AS Aliyev Sardor10-26 guruh 92.1▼1
3BN Bekmurodova Nigora05-26 guruh 90.3▲4
4XN Xolmurodova Nozima12-25 guruh 87.4
5QB Qodirov Bekzod02-26 guruh 85.6▲7
6RS Rahimova Sevara03-26 guruh 84.1▼2
7GA G'aniyev Alisher10-26 guruh 81.2▲1
8DJ Doniyorov Jasur10-26 guruh 79.8▲5
DJ
Doniyorov Jasur10-26 guruh
67%Reyting
Fanlardan o'zlashtirish66
Davomat91
Qo'shimcha darslar70
Tadbirlarda faollik65
Tanbehlar 2 ta · −4 ball
Fanlar kesimida
Informatika 92 Matematika 68 Ona tili 63 Ingliz tili 41
Ingliz tili guruh o'rtachasidan 31 punkt past

Hamma hisobot —
telefoningizda

Ta'lim markazingiz haqida barcha ma'lumot real vaqtda. So'rash, kutish, Excel yig'ish yo'q.

Davomat — kim darsga kelgan
O'zlashtirish — fanlarni qanday o'zlashtirgan
Ikkalasi yonma-yon — davomat yaxshi bo'lib o'zlashtirish orqada qolsa, darhol ko'rinadi

Keyin qaysi guruh orqada

Yigirma guruh bitta shkalada. Yashil uchlik va qizil uchlik o'zi ajralib turadi — qaysi guruhga e'tibor kerakligini izlash shart emas.

Guruhlar o'zlashtirish bo'yicha saralanadi
O'quv yili davomida o'zgarish kuzatiladi

Word'dan boshlanib,
e'lonlar taxtasida tugaydi

Hohlovchi o'qituvchilar uchun platformada oylik test o'tkazish imkoniyati bor. Majburiy emas — kim xohlasa, o'z fanidan o'tkazadi.

Test odatdagidek Word faylda tayyorlanadi va yuklanadi
Savollar avtomatik ajratiladi — qo'lda kiritish shart emas
Kompyuter sinfida taymer bilan olinadi
Natija PDF bo'lib chiqadi — printerdan chiqarib, e'lonlar taxtasiga osish mumkin

O'quvchi butun oy
harakat qiladi

Oylik reyting beshta manbadan yig'iladi:

Davomat — darsga muntazam kelish
Darsda qatnashish — faollik va topshiriqlarni bajarish
Fanlardan o'zlashtirish — joriy baholar
Test natijalari — oylik va joriy testlar
Rag'bat ballari — olimpiada, ko'rik-tanlov, jamoat ishi

Natijada o'quvchi imtihon oldidan emas, har kuni harakat qiladi. TOP ro'yxat ochiq — kim ko'tarilgani, kim tushgani ko'rinib turadi.

Va faqat oxirida —
bitta o'quvchi

Har bir o'quvchining reytingi ham beshta manbadan yig'iladi: fanlardan o'zlashtirish, davomat, qo'shimcha darslarda qatnashish, tadbirlardagi faollik va tanbehlar. Bitta o'rtacha baho bu manzarani ko'rsata olmaydi.

Beshta tarkibiy qism va ularning ulushi ochiq ko'rsatiladi
Tanbeh ballni kamaytiradi — intizom ham reytingga ta'sir qiladi
Zaif fanni tizim o'zi topib, guruh o'rtachasi bilan solishtiradi
Ota-ona shu manzarani o'z kabinetida ko'radi
Reyting qanday hisoblanadi

Uchta manba, bitta ball

O'quvchining reytingi fanlar bo'yicha natijasidan, darsga qatnashishidan va qo'shimcha rag'bat ballaridan yig'iladi. Ulushlarni ta'lim markazi o'zi belgilaydi — quyida namuna sozlama.

60%
Fanlar bo'yicha reyting Test, imtihon, joriy baho, amaliy topshiriq — har fan bo'yicha alohida
25%
Davomat Darsga muntazam qatnashish ballga aylanadi
15%
Rag'bat ballari Olimpiada, ko'rik-tanlov, faollik, jamoat ishi — o'qituvchi qo'shadi
Ta'lim markazi egasi va rahbarga

Nima uchun bu sizga foyda

01

O'quvchi ketib qolmaydi

Ota-ona farzandining o'sishini raqamda ko'rsa, "pul bekorga ketyapti" degan shubha tug'ilmaydi. Reyting ko'tarilgani — ta'lim markazini davom ettirishning eng kuchli sababi.

02

O'quvchi o'zi harakat qiladi

Oylik TOP ro'yxat raqobat yaratadi. O'qituvchi majburlashi shart emas — o'quvchi o'z o'rnini ko'radi va ko'tarilishni xohlaydi.

03

O'qituvchining ishi ko'rinadi

Qaysi guruh o'smoqda, qaysi biri turib qolgan — hisobot so'ramasdan bilasiz. Kim yaxshi ishlayotgani raqamda, taxminda emas.

04

Oylik test qog'ozsiz o'tadi

Savollarni nusxa ko'chirish va javoblarni qo'lda tekshirish yo'q. O'qituvchi Word faylni yuklaydi, o'quvchilar kompyuterda yechadi. Natija PDF bo'lib chiqadi — chop etib, e'lonlar taxtasiga osasiz va o'quvchilar o'z o'rnini ko'radi.

05

Hisobot yig'ish vaqti qolmaydi

Oylik hisobot, davomat jadvali, o'zlashtirish ma'lumotnomasi — hammasi tayyor holda turadi va Excel'ga chiqadi.

06

Bir nechta filial — bitta ekran

Har bir filial o'z ma'lumotini ko'radi, siz esa hammasini birga. Filiallarni solishtirish ham mumkin.

Modullar

Manzarani yig'adigan qismlar

01

Reyting xaritasi va dinamika

Ta'lim markazi, guruh va o'quvchi kesimida fanlar bo'yicha daraja. Vaqt bo'yicha o'sish grafigi va orqada qolgan yo'nalishlar ro'yxati avtomatik shakllanadi.

02

Oylik testlar — Word'dan e'lonlar taxtasigacha

Hohlovchi o'qituvchilar uchun oylik test o'tkazish imkoniyati — majburiy emas, kim xohlasa o'z fanidan o'tkazadi. Test odatdagidek Word faylda tayyorlanadi va yuklanadi, savollar avtomatik ajratib olinadi. Belgilangan kuni kompyuter sinfida taymer bilan olinadi. Natija PDF bo'lib chiqadi — printerdan chiqarib, e'lonlar taxtasiga osish mumkin.

03

Test va imtihon

Savollar bazasi, taymerli topshirish, avtomatik tekshirish. Har bir savol qaysi fanga tegishli ekani belgilanadi — natija to'g'ridan-to'g'ri xaritaga tushadi.

04

Baho va elektron jurnal

Joriy baholar guruh va sana kesimida. Har bir baho reyting hisobiga o'z ulushi bilan qo'shiladi.

05

Davomat

O'qituvchi telefonidan belgilaydi. Darsda ishtirok ham umumiy ko'rsatkichga ta'sir qiladi.

06

Guruhlar, jadval va o'quvchilar

Ro'yxatlar, guruhga yozish, haftalik dars jadvali va undan avtomatik hosil bo'ladigan darslar.

07

Ota-ona kabineti tez orada

Ota-ona farzandining bitta bahosini emas, butun reyting manzarasini va o'sish grafigini ko'radi.

Ta'lim markazingizni raqamda ko'ring

Hisob ochish va mavjud ro'yxatlaringizni ko'chirish bo'yicha bog'laning. Ko'chirish biz tomondan.